Soliq AI
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 29-oktabr
Ushbu Maxfiylik siyosati (bundan keyin — Siyosat) «TAX AI» MCHJ (bundan keyin — Operator) soliq.ai sayti va Soliq AI xizmati (bundan keyin — Xizmat) foydalanuvchilarining shaxsga doir ma’lumotlariga qanday ishlov berilishini — ular qanday yig‘ilishi, saqlanishi, uzatilishi va himoya qilinishini belgilaydi.
Siyosat O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-son «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni (rasmiy matni — lex.uz; bundan keyin — Qonun) va unga muvofiq qabul qilingan hujjatlar asosida tuzilgan.
Ro‘yxatdan o‘tish, «Google orqali kirish» yoki Xizmatdan foydalanish orqali siz shaxsga doir ma’lumotlaringizga ushbu Siyosatda ko‘rsatilgan maqsadlarda va tartibda ishlov berilishiga, jumladan 6-bo‘limda ko‘rsatilgan uchinchi shaxslarga va chet elga uzatilishiga rozilik bildirasiz. Rozilik hisobingiz o‘chirilguncha yoki uni qaytarib olguningizcha amal qiladi.
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasining mulkdori va operatori:
Biz maxsus shaxsga doir ma’lumotlarni (irqiy yoki milliy mansublik, siyosiy va diniy qarashlar, sog‘liq holati va boshqalar), biometrik va genetik ma’lumotlarni so‘ramaymiz va ularga maqsadli ishlov bermaymiz. Savol va hujjatlaringizga bunday ma’lumotlarni kiritmasligingizni so‘raymiz.
Ishlov berish asoslari: sizning roziligingiz, ommaviy oferta bo‘yicha siz bilan tuzilgan shartnomani bajarish va qonunchilikda belgilangan majburiyatlar (masalan, to‘lov hujjatlarini saqlash).
Ma’lumotlaringiz sotilmaydi, reklama uchun ishlatilmaydi va ushbu Siyosatda ko‘rsatilmagan maqsadlarda uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Xizmatning ma’lumotlar bazasi va yuklangan fayllar O‘zbekiston Respublikasi hududida — Toshkent shahridagi serverlarda saqlanadi. Zaxira nusxalar ham shu serverda yaratiladi.
Chet eldagi provayderlarga faqat 6-bo‘limda ko‘rsatilgan funksiyalar uchun zarur ma’lumot uzatiladi.
Xizmatning ayrim funksiyalari tashqi provayderlar orqali ishlaydi. Ularga faqat shu funksiya uchun zarur ma’lumot yuboriladi:
AI-provayderlarga hisobingizdagi ism, elektron pochta, telefon raqami va STIR yuborilmaydi. Javobni sizga moslash uchun profilda ko‘rsatgan foydalanuvchi turi, tashkilot nomi va soliq rejimi yuborilishi mumkin. Savol yoki hujjat ichida o‘zingiz yozgan shaxsiy ma’lumotlar esa matn bilan birga uzatiladi — keraksiz shaxsiy ma’lumotni yozmaslikni tavsiya qilamiz.
Chet elga uzatish Qonunning 15-moddasiga muvofiq sizning roziligingiz asosida amalga oshiriladi. Google va ElevenLabs AQSH–Yevropa Ittifoqi ma’lumotlar maxfiyligi doirasi (EU-U.S. Data Privacy Framework) ishtirokchilari; Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 415-son qarori bilan AQSH bunday kompaniyalar uchun shaxsga doir ma’lumotlar teng himoya qilinadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Provayderlar ma’lumotlarga o‘z xizmat shartlari asosida, faqat shu funksiyani bajarish uchun ishlov beradi.
Davlat organlariga ma’lumotlar faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda beriladi.
Ishlov berish maqsadiga erishilgach ma’lumotlar yo‘q qilinadi, qonunda saqlash majburiyati belgilangan hollar bundan mustasno (Qonunning 17-moddasi).
Sayt faqat ishlashi uchun zarur cookie fayllaridan foydalanadi: kirish sessiyasi, «meni eslab qol» va ishonchli qurilma belgisi (ikki bosqichli himoya uchun), Google orqali kirish holati va tanlangan til.
Reklama, kuzatuv yoki analitika cookie fayllari ishlatilmaydi.
Mavzu, panel holati va yozilayotgan savol qoralamasi kabi sozlamalar brauzeringizning lokal xotirasida saqlanadi va serverga yuborilmaydi. Cookie fayllarini o‘chirib qo‘ysangiz, tizimga kira olmaysiz.
Qonunga muvofiq (13, 22, 24 va 30-moddalar) siz quyidagi huquqlarga egasiz:
Ism, profil va sozlamalarni o‘zingiz tahrirlashingiz, suhbat va hujjatlarni o‘zingiz o‘chirishingiz mumkin. Boshqa so‘rovlarni — jumladan rozilikni qaytarib olish va ma’lumotlarni o‘chirishni — hisobingizga bog‘langan elektron pochtadan support@soliq.ai manziliga yuboring.
Ma’lumotlarni tuzatish so‘rovi 3 kun ichida (Qonunning 11-moddasi), o‘chirish va rozilikni qaytarib olish so‘rovi esa so‘rov kelgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay bajariladi. So‘rovni bajarishni rad etsak, sababini 10 kun ichida yozma ravishda bildiramiz.
Roziligingizni qaytarib olsangiz, ma’lumot talab qiladigan funksiyalar (masalan, AI-javoblar) ishlamay qoladi.
Shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti (pd.gov.uz).
Xizmat 18 yoshga to‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan. 18 yoshga to‘lmagan shaxsning ma’lumotlariga faqat ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakilining yozma, shu jumladan elektron roziligi bilan ishlov berilishi mumkin (Qonunning 21-moddasi). Bunday roziliksiz ma’lumot kiritilganini aniqlasak, uni yo‘q qilamiz.
Siyosat o‘zgarsa, yangi tahriri shu sahifada sanasi bilan e’lon qilinadi. Muhim o‘zgarishlar haqida elektron pochta orqali oldindan xabar beramiz.
Siyosat bir necha tilda e’lon qilinadi; matnlar orasida farq bo‘lsa, o‘zbek tilidagi matn ustun turadi.
Shaxsga doir ma’lumotlar bo‘yicha savol va so‘rovlar uchun: support@soliq.ai, telefon: +998 95 980 76 00. Pochta manzili 2-bo‘limda ko‘rsatilgan.