Soliq AI
Shartnoma, invoys va hisobotlarni yuklang. Soliq AI ehtimoliy xato, nomuvofiqlik va risklarni manba bilan ajratib ko‘rsatadi.
Shartnoma · Invoys · Hisobot
Risk
Sana hisobot davriga to‘g‘ri kelmasligi mumkin — tekshiring.
Tekshirish
Kontragent STIR raqamini tasdiqlash tavsiya etiladi.
To‘g‘ri
QQS stavkasi to‘g‘ri qo‘llangan ko‘rinadi.
Soliq AI rasmiy soliq organi emas. Audit natijalari axborot-maslahat xarakteriga ega. Muhim qarorlar rasmiy manba yoki mutaxassis bilan tekshiriladi.
Shartnoma, invoys, hisobot yoki deklaratsiya — PDF, Word, Excel, PowerPoint, rasm yoki matn ko‘rinishida, har biri 30 MB gacha. Bir vaqtda bir nechta fayl yuklab, ularni bitta audit to‘plami sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Soliq AI hujjatdagi shartlarni, summalarni va sanalarni Soliq kodeksi talablariga solishtiradi: yetishmayotgan rekvizit, noaniq shart, stavkadagi nomuvofiqlik va e’tibor talab qiladigan joylarni ajratib ko‘rsatadi.
Topilma shunchaki «xato» deb qolmaydi — u qaysi hujjatga va qaysi modda talabiga tayangani ko‘rsatiladi. Shu bilan siz topilmani o‘zingiz tekshirib, kerak bo‘lsa rad eta olasiz.
Fayl yuklash bepul. Hujjat bo‘yicha har bir savol, tahlil, topilmalar ro‘yxati yoki hujjat qoralamasi — 1 coin; AI chizgan infografika — 3 coin; deklaratsiya va invoys krosstekshiruvi — bepul.
Hujjat yuklab boshlash