Soliq AI
YATT, MChJ, QQS va hisobot muddatlari bo‘yicha savol yozing. Soliq AI javobni qisqa izoh, risk va tekshirish yo‘nalishi bilan ko‘rsatadi.
O‘zbek tilida · Manbaga tayangan · Beta
YATT 2026 stavkasi qancha?
Javob
YATT uchun aylanmadan 1% soliq. 2026-yil 1-iyundan chegara — 12 000 BHM (5,28 mlrd so‘m); undan oshsa, umumiy rejimga (QQS + foyda solig‘i) o‘tiladi.
Risk
Daromad chegaradan oshganini kuzatmasangiz, ortiqcha soliq yoki jarima yuzaga kelishi mumkin.
Manba
PQ-247 (2025-yil 12-avgust).
Soliq AI rasmiy soliq organi emas. Javoblar axborot-maslahat xarakteriga ega. Muhim qarorlar rasmiy manba yoki mutaxassis bilan tekshiriladi.
Soliq atamalarini bilish shart emas. «YATT bo‘lsam QQS to‘laymanmi», «xodimga 8 mln bersam qancha soliq chiqadi» — oddiy gap bilan yozaverasiz. O‘zbek, rus va ingliz tillari qo‘llab-quvvatlanadi.
Soliq AI javobni o‘ylab topmaydi: Soliq kodeksi va tegishli qarorlar matnidan kerakli moddani topib, javobni shunga asoslaydi. Amaldagi tahrir alohida tekshiriladi — eskirgan norma bo‘yicha javob berilmasligi uchun.
Javob ostida qaysi moddaga tayanganini ko‘rasiz va havolani bosib lex.uz’dagi asl matnni ochasiz. Tekshirib bo‘lmaydigan javob — foydasiz javob.